Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen raqamli biznesni yaratish uchun 4 milliard dollar ajratadi
Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi raqamli biznesni yaratish, avtomobillarni yig‘uvchi hamda mijozlar xizmat ko‘rsatuvchi kompterlashtirilgan platformani ishlab chiqish uchun 2025 yilgacha 3.5 mlrd yevro (4 mlrd AQSh dollari) investitsiya kiritadi.
Nemis avtomobilsozlik kompaniyasi “vw.OS” deb nomlangan yangi operatsion tizim ustida ishlayotganini va u 2020 yilda VW brendi ostida ishlab chiqariluvchi elektromobillarga o‘rnatilishini xabar qildi.
Yangi transport vositasi avtomatik boshqaruv funksiyasini takomillashtiruvchi yangi elektron arxitektura bilan loyihalashtiriladi. Har bir avtomobilga mustaqil boshqariladigan 70 xil sensor o‘rniga turli sensorlarni bog‘lovchi yangi operatsion tizim o‘rnatiladi.
Parking sensori tomonidan to‘plangan ma'lumot boshqaruv tizimi, tormoz va yuqori ko‘rsatkichli xaritalariga bog‘lanishi mumkin. Bu, mashinaning o‘zi bepul avtoturargohning bo‘sh joyiga to‘xtashiga imkon beradi.
Volkswagen Berlinda “We Share” nomli avtomobil almashinuv biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bunda 2019 yilning ikkinchi choragida 2 mingta elektromobillardan foydalaniladi. “We Share” xizmati Yevropaning asosiy bozorlari, shuningdek, AQSh va Kanada shaharlarida ishga tushadi.
Mavzuga oid
17:35 / 15.07.2026
Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
16:55 / 08.07.2026
Tekshiruvlar va noaniqlik soliq yukini og‘irlashtiryapti - ekspertlar
08:43 / 04.07.2026