Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: IShIDga qurol yetkazib berishda «alohida davlatlar maxsus xizmatlari» yordam bermoqda
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya so‘zlariga ko‘ra, IShID terrorchilik tashkiloti Suriyada qurol-aslahalarni, shu jumladan, «alohida davlatlarning maxsus xizmatlari» vositachiligida olmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Doimiy vakilning ta'kidlashicha, IShIDga qurol yetkazib berish bo‘yicha dalillar «to‘planib qolyapti». Nebenzya so‘zlariga ko‘ra, terrorchilik guruhining jangarilari «yarim qonuniy tuzilmalar yoki hatto ayrim davlatlarning maxsus xizmatlari himoyasi orqali» qurol-yarog‘ olishmoqda.
U 3-4 sentabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan noqonuniy qurol savdosiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyada bu muammoni «jiddiy» ravishda muhokama qilishni kutayotgani haqida ta'kidladi.
Nebenzya qaysi davlatlarning maxsus xizmatlari terrorchilarga qurol yetkazib berishda yordam ko‘rsatayotganiga aniqlik kirita olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID yetakchisining bir yil ichidagi birinchi ovozli xabari paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026