Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida 15tagacha yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkin
Tojikiston va O‘zbekiston chegara idoralari ikki davlat chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish masalasini o‘rganishga kirishdi, deb xabar berdi Asia plus.
Manbaning bildirishicha, ikki davlat chegarasida yaqin vaqt ichida 3tadan 15tagacha yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochiladi. Ular xalqaro maqomga ega bo‘lmaydi va qayerda joylashishi hozircha ma'lum qilinmayapti.
O‘zbek-tojik chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochish tashabbusi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning 17-18 avgust kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov bilan uchrashuvi davomida ilgari surildi.
2002 yildagi hukumatlararo kelishuvga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida 16ta nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilgan bo‘lib, ularning to‘qqiztasi xalqaro maqomga ega.
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026