O‘zbekiston | 08:11 / 25.08.2018
6265
1 daqiqa o‘qiladi

Alohida iqtidor talab etadigan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy imtihonlar natijalari tasdiqlandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 7-sonli bayoni bilan respublika oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi, kechki, sirtqi, maxsus sirtqi ta'lim shakllarida alohida iqtidor talab etadigan ta'lim yo‘nalishlarining kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari tasdiqlandi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining telegram kanalida xabar berilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi 5270-sonli farmoniga muvofiq 81 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar alohida iqtidor talab etadigan ta'lim yo‘nalishlarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, bakalavriatning kunduzgi shakliga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. 

Abituriyentlar va ularning ota-onalari kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan oliy ta'lim muassasalarida tanishishlari mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid