Bekobod shahrida kam ta'minlangan, nogiron va ehtiyojmand oilalar uy bilan ta'minlandi
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida kam ta'minlangan, nogiron va ehtiyojmand oilalar uchun uy topshirish marosimi Mustaqillik bayrami bilan uyg‘unlikda chinakam shodiyonaga aylandi. Viloyat hokimligi vakillari shu haqida xabar berishdi.
62 oilaga cheksiz quvonch va shodlik ulashilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Respublika Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev, Toshkent viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI rahbariyati, Xalq qabulxonasi viloyat bo‘limi, shuningdek, "Nuroniy" jamg‘armasi va jamoatchilik tashkilotlari mas'ullari ishtirok etishdi.
Norboyeva yig‘ilganlarni Mustaqillikning 27 yillik ayyomi bilan muborakbod etar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning inson manfaatlari yulida olib borayotgan izchil islohotlari va uy-joyga ehtiyojmand aholi uchun yaratayotgan imkoniyat va qulayliklarga to‘xtaldi. Shuningdek, bunday xayrli tadbirlar davom etishi, yurtimizda oilalar farovonligini va mustahkamligini ta'minlash ustuvor vazifa ekani ta'kidlandi.
Uy kaliti, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarni qabul qilib olayotgan har bir kishining nigohida minnatdorchilik va shukronalik tuyg‘usi, shodlik ko‘z yoshlari ko‘rindi.
Mavzuga oid
12:10
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
13:32 / 06.11.2024