Jahon | 12:50 / 28.08.2018
12058
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh qurolli kuchlariga asosiy tahdidlar aytildi

Foto: Pinterest

AQSh armiyasi sobiq podpolkovnigi Deniel Devisning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari uchun asosiy tahdid Xitoy va Rossiya emas, balki texnologiyalardan qaramlik hamda qo‘shinlarni haddan tashqari ortiqcha ishlatishdir. Bu haqda sobiq harbiy National Interest’da yozgan.

Devisning so‘zlariga ko‘ra, agar Amerika Qo‘shma Shtatlarining dushmanlaridan biri Amerikaga qarashli, navigatsiya va aloqa uchun foydalaniluvchi sun'iy yo‘ldoshlarini yo‘q qilishda kosmik quroldan foydalansa, unda ko‘plab yuqori aniqlikdagi qurollar foydasiz bo‘ladi hamda yer ustidagi qo‘shinlar harakati qiyinlashadi.

Bundan tashqari, sobiq polkovnikning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar deyarli hamma joyda harbiy kuchni qo‘llab, raqiblarda qo‘rquv uyg‘otmoqda, ularni harbiy tadqiqotlar va ishlanmalar hajmini oshirishga majbur qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA rahbari AQShga kosmik qo‘shinlar nega kerakligini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid