Davlat byudjyeti to‘g‘risidagi barcha axborot hamma uchun ochiq bo‘ladi

Foto: Sputnik
Prezidentning «Byudjyet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjyet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan Davlat byudjyetini shakllantirish va ijro etishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Masalan, keyingi yildan boshlab byudjyet mablag‘larini taqsimlashda fuqarolar ishtirok eta boshlaydilar. Tumanlar (shaharlar) byudjyetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 10%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, deb yozadi Norma.
2020 yildan boshlab Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari axborotlar batafsil bayon etilgan, ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda parametrlar Prezident qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, shuningdek byudjyetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Qonunchilik palatasiga taqdim etilishidan oldin majburiy jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Loyihalar hamda hisobotlar bilan birga Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Fuqarolar uchun byudjyet» axborot nashri ham e'lon qilinadi.
Hisob palatasining byudjyetlar, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot yuzasidan tashqi audit va baholash natijalari bo‘yicha xulosalari majburiy e'lon qilinadi.
Bu yuqorida bayon etilgan prinsiplar va qoidalar bajarilishini ta'minlashda yordam beradi. Ayni 2019 yildan faoliyat yurita boshlaydigan yangi portalda byudjyetlarning loyihalari, ular ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar va Hisob palatasining xulosalari e'lon qilinadi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun qo‘shimcha manbalar hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi axborot ham shu yerning o‘zida joylashtiriladi.
Umuman olganda u fuqarolar bilan qayta aloqani tashkil etish vositasiga aylanishi, byudjyet qonunchiligini buzish holatlari to‘g‘risida xabardor qilish va byudjyet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish imkoniyatini berishi lozim.
Parlamentga byudjyetlar, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqishda fuqarolarning portal orqali kelib tushgan fikr va takliflarini tahlil qilish tavsiya etildi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar
Iqtisodiyot | 15:20
-
Fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 14:30
-
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
Jahon | 14:25
-
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025