Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik 104 nafar chin yetim bolaga xayriya sovg‘alari topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan joylarda o‘tayotgan bayram tadbirlarida xalqimizga xos saxovatpeshalik, mehr-muruvvat singari ezgu qadriyatlar o‘z aksini topayotir. Yurtimizda bu bayram kunlari ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatiladi, keksalar holidan xabar olinadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘ksik qalblarga mehr, quvonch ulashiladi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limlari, viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi hamkorligida Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida xayriya tadbiri tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimiyatining Matbuot xizmati KUN.UZ'ga xabar bermoqda. Unda viloyatning turli hududlarida istiqomat qilayotgan 104 nafar chin yetim bolaga qishki kiyim-kechaklar, o‘quv formalari, o‘quv qurollari, sport formalari va sumkalari tarqatildi.

Tadbirda bolalar davlat rahbari tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlarga javoban, chuqur bilim olib, malakali kadrlar bo‘lib yetishishga va'da berishdi.
Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etdi.

Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026