Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodagi turistik obektlarga yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatilmoqda
Surxondaryo viloyatida o‘zbek va ingliz tillaridagi yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatila boshlandi. Bu haqida viloyat hokimligi vakillari xabar berishdi.
Bugunga qadar viloyatda jami 27 ta, jumladan Termiz tumanida - 8 ta, Boysun tumanida - 6 ta, Denov tumanida - 4 ta, Muzrabot tumanida - 2 ta, Sariosiyo tumanida - 2 ta hamda Angor, Uzun, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida 1 tadan yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatildi. Yana 18 ta yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
2018 yilning oxiriga qadar sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi 45 ta obekt o‘zbek va ingliz tillaridagi yo‘l ko‘rsatkich belgilari bilan ta'minlanadi.
Bundan avval KUN.UZ'da Toshkent viloyatida 100 dan ortiq yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatila boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda turizmni rivojlantirish va ichki hamda tashqi sayyohlarning O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanishini yengillashtirish uchun bunday yo‘l ko‘rsatkichlarining ahamiyati katta.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
09:05 / 17.06.2026