Jahon | 21:58 / 31.08.2018
10624
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp mashinalar sababli Yevropadan xafa bo‘ldi

Foto: Leah Millis / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropani «xuddi Xitoy kabi yomon» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa hukumatlarining AQShdagi hamkasblariga nisbatan yuritayotgan savdo siyosati Vashington uchun imkon qoldirmayapti. Tramp YeI bilan savdo kelishuvining buzilishi va Yevropa mahsulotlariga yangi bojlar kiritilishi istiqbolini shunday izohladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

«U yetarli darajada yaxshi emas», — dedi u Yevropa ittifoqining savdo urushi doirasida bergan taklifi haqida. Trampning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvning buzilishiga avtomobillar importi va eksportiga tariflar sabab bo‘lgan. Savdo bo‘yicha Yevropa komissari Sesiliya Malmstremning barcha bojlarni bekor qilish haqida umid bildirgani Trampni umuman qanoatlantirmagan.

«Yevropa Ittifoqi ham xuddi Xitoy kabi yomon, faqat sal ozroq», — degan Tramp. Agentlikning bildirishicha, AQSh prezidenti savdo vazirligiga AQShga fuqaro va yuk avtomobillarini yetkazishga savdo bojlarining kiritilishi milliy xavfsizlikka qay darajada zarar yetkazishini hisoblab chiqishni topshirgan.

Hozirda davlatlar o‘rtasida avtomobillar yetkazib berishda ikki tomonlama tariflar tizimi amal qiladi. AQShdan mashina olib kelganlik uchun 10 foiz, yetkazib berganlik uchun 2,5 foizlik boj to‘lanadi. Yevropa ittifoqi barcha bojlarni bekor qilishni taklif qilgandi, ammo Tramp bu taklifdan qoniqmadi. AQSh prezidenti bojni 10 baravarga – 25 foizgacha ko‘tarishni taklif qilmoqda.

Yevropa ittifoqi bunga javoban choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda, bu esa AQShga ham, AQShda o‘z zavodlariga ega bo‘lgan Yevropaning BMW va Mercedes kompaniyalariga ham zarar yetkazadi. BMW 2018 yilda AQShda ishlab chiqarilgan 70 mingga yaqin X3 krossoverlarini Yevropa bozorida sotishni rejalashtirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid