Jahon | 00:35 / 03.09.2018
23028
1 daqiqa o‘qiladi

Donbassga AQSh va Kanada qo‘shinlari kelgani ma'lum qilindi 

Foto: Markiian Lyseiko / ZUMAPRESS.com

Ukraina janubi-sharqidagi jangovar harakatlar hududiga AQSh va Kanadadan yuqori lavozimdagi harbiylar keldi. Bu haqda tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi qurolli kuchlari matbuot xizmati boshlig‘i Daniil Bezsonov ma'lum qildi.

“Razvedkamiz tomonidan Urfuz aholi punktida joylashgan 56-motopiyoda va 406-artilleriya brigadalari bo‘linmalariga ko‘p sonda xorijiy harbiylar kelgani ta'kidlanmoqda”, deb aytgan Bezsonov.

Uning aytishicha, jangovar harakatlar hududiga kelgan yollanma jangchilar va qo‘mondonlar Ukraina qurolli kuchlari tayyorlayotgan hujumda ishtirok etadi.

Avvalroq tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi xalq militsiyasi vakili Andrey Marochko Donbassda qo‘shinlar to‘qnashuvi chizig‘ida Ukraina qurolli kuchlarining snayperlari va razvedka-qo‘poruvchi guruhlari faollashganini ma'lum qilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid