Jahon | 20:45 / 03.09.2018
18308
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Makronning Putinning orzusi haqidagi so‘zlariga javob qaytardi

Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti

Moskva Yevroittifoqni gullab-yashnagan, oldindan aytish mumkin bo‘lgan va barqaror holda ko‘rishni istaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiya YeIning parchalanishidan manfaatdor ekanligi haqidagi so‘zlariga javoban ma'lum qildi.

«Yevroittifoq hajmi bo‘yicha Rossiyaning asosiy savdo-iqtisodiy hamkori bo‘lgani bois, ammo uni Xitoy quvib o‘tmoqda va prezident ham bu haqda aytib o‘tdi, biz Yevroittifoq makonini rivojlanayotgan, gullab-yashnayotgan, oldindan aytish mumkin bo‘lgan va barqaror holda ko‘rishni istaymiz», — dedi Peskov.

U shuningdek, Rossiya va Yevroittifoq o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati Rossiya tomoniga bog‘liq emasligini qayd etdi.

«Prezident Putinning YeIga munosabatiga keladigan bo‘lsak, afsus bilan qayd etamizki, bu munosabatlar Rossiya tashabbusi bilan "muzlagan" holatga tushgani yo‘q, bu bizningcha na YeIga a'zo davlatlar, na Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga mos keladi», — dedi Peskov.

Avvalroq Emmanuel Makron «Putinning orzusi YeIni parchalash bo‘lishiga qaramasdan» Rossiya rahbarini hurmat qilishini bildirgandi.

Mavzuga oid