Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Rossiya AQShning noqonuniy qadamlarini tan olmasligi haqida ma'lum qildi
Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘yilayotgan noqonuniy qadamlarni tan olmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning harakatlari diplomatik normalarga mos kelmaydi.
«Biz Vashington tomonidan qo‘yilayotgan noqonuniy qadamlarni tan olmaymiz, yana bir bor takrorlayman, bu muhim narsalarga erishgan ko‘p holatlarning ustidan sakrab o‘tish», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Uning aniqlik kiritishicha, gap JST, Eron bo‘yicha yadroviy bitim va Falastin-Isroil munosabatlari haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Rossiya «xafa bo‘lgan pozasiga» turib olmasligini ma'lum qilgandi.