Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekoboddagi to‘yxona oldida maktab o‘quvchisi maktabdoshini pichoqladi
1 sentabr kuni soat 20:00da Toshkent viloyati hududida, Bekobod shahrida, Me'mor ko‘chasida joylashgan «Dildora» nomli to‘yxonaning orqa tomonida shahardagi 6-sonli o‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lgan, A.Qodiriy ko‘chasi, 24-uyda yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan T.B o‘z maktabdoshini pichoqlagan.
«Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, u o‘z maktabdoshi, shahardagi Al-Farobiy ko‘chasi, 77-uyda yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan I.Sh bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida yonidagi ochib yopiladigan pichoq (finka) bilan I.Shning ko‘krak qafasining orqa chap tomoniga bir marta zarba berib, unga tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Bekobod shahar TTYoMning 7287-sonli ma'lumotnomasiga ko‘ra, I.Sh ko‘krak qafasining orqa chap tomonga kirib boruvchi, sanchilgan kesilgan tan jarohati olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB TB tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq Andijondagi to‘yxonada pichoqbozlik ro‘y berib, bir kishi vafot etgani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
10:44 / 10.02.2026
Kompyuter o‘yinxonasida ikki bola pichoqlandi
10:34 / 16.12.2025