30 avgust kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi A.J. uyi oldida joylashgan “Navo” to‘yxonasida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi M.U.ning o‘ng oyog‘iga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada M.U. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. O.J. qo‘lga olingan.











