Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Trampning ogohlantirishiga javob qaytardi
Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh yetakchisi Donald Trampning bayonotiga javob qaytardi. Tramp Rossiyani Suriyadagi «jiddiy xato» haqida ogohlantirgandi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Peskov Suriyadagi butun vaziyat uchun xavfli, salbiy salohiyatga e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammoni tushunish kerak.
Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, Suriya qurolli kuchlari bu muammoni hal qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
«Shunchaki Suriyadagi butun vaziyat uchun juda xavfli, salbiy salohiyatga e'tibor qaratmay, qandaydir ogohlantirishlar bilan chiqish, aftidan, to‘la bo‘lmagan, keng qamrovli yondashuv emas», - deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Rossiyani «jiddiy xato» haqida ogohlantirgandi.
AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterdagi o‘z sahifasida yozishicha, Rossiya va Eron Suriya prezidenti Bashar Asadning Idlib viloyatidagi «telbalarcha» hujumini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, «juda jiddiy xato» qilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44 / 23.01.2026
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
22:37 / 23.01.2026
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
16:55 / 23.01.2026