Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda belaruslik ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
14-19 sentabr kunlari Toshkent shahrida ilk marta belaruslik ishlab chiqaruvchilarning "Made in Belarus".ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugunga kelib Belarus Respublikasida deyarli hamma narsa ishlab chiqarilmoqda – elektromobillar, traktorlar va ulkan samosvallardan tortib to maishiy texnika, kiyim-kechak va kosmetikagacha. Mamlakatda sovet davri ishlab chiqarishidagi davlat standartlari saqlanib qolgan, yirik korxonalar qayta tiklangan va modernizatsiya qilingan. O‘zining sifati bilan tanilgan Belarus tovarlari barcha qit'alarda mashhur bo‘lib, 200 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi.
Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadigan "Made in Belarus" ko‘rgazmasida Belarus mahsulotlarining eng yaxshi namunalari bilan tanishish mumkin. Mamlakatning 152 yirik korxonasi o‘zbekistonlik iste'molchilarga mashinasozlik, neft-kimyo, qurilish, yengil sanoat, oziq-ovqat, tibbiyot va boshqa sohalarga tegishli yuzdan ortiq tovarlarni taklif qiladi. Kompaniyalarning to‘liq ro‘yxati va mahsulotlar katalogi bilan www.belinterexpo.by sayti orqali tanishishingiz mumkin.
300 dan ziyod belaruslik ishbilarmon, jumladan korxonalar rahbarlari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan tanishish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun Toshkentga tashrif buyuradi.

Ko‘rgazmaning ochiq maydonida "Amkodor", "MAZ", "MTZ", "Gomselmash", "Bobruyskagromash", "Blyuming", "Lidagroprommash", "ZUMLION-MAZ", "Minskiy elektrotexnicheskiy zavod im. Kozlova", "Dorelektromash", "Remkom" kabi Belarus sanoat gigantlarining qishloq xo‘jalik va yo‘l-qurilish texnikalari namoyish etiladi.
O‘zbekistonlik fermerlar e'tiboriga “Belarus” afsonaviy traktorlari, kombaynlari, paxta terish texnikasi, o‘simliklar himoyasi va o‘g‘it qadash uchun o‘ziyurar purkagichlar havola etiladi. Barcha texnika turlari og‘ir va loy tuproqlarda ishlashga ham to‘g‘ri keladi.

"Brestplempredpriyatiye" buqa ishlab chiqaruvchilarga nasl-sifatiga qarab baho berish, zotdor buqalarni yetishtirish hamda ularni MDH va Yevroittifoq mamlakatlariga yetkazib berish xizmatlarini taklif qiladi.
O‘zbekiston tog‘-kon korxonalari mutaxassislari uchun 50 daraja sovuq havo haroratidan 50 daraja issiqqacha ishlashga chidamli "BeLAZ" samosval modellari hamda kaliy konlarida ishlashga mo‘ljallangan tog‘ kombaynlari namoyish etiladi.
Belarusning neft-kimyo korxonalari noqulay yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan avtomatik ravishda tozalanuvchi avtomobil shinalari, issiqqa chidamli laklari, bo‘yoqlar va 10-12 darajali sovutish effektini beruvchi poliefir to‘qimachilik iplari bilan ishtirok etadi.
Belarus yengil sanoat mahsulotlari ham o‘zbek biznesi hamda aholining keng qatlami orasida alohida qiziqishga sazovor bo‘ladi: zig‘ir va jun matolar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyim-kechak kolleksiyalari, paypoq mahsulotlari, tabiiy charm terisidan ishlangan poyabzal, uy tekstili va boshqalar.

Uy va ofisni jihozlash uchun korpus mebellar to‘plamlari, maishiy texnika, vannaxonalar va pol uchun keramik plita, inshootlarni isssiqlik, sovuq va shovqindan himoyalash uchun izolyatsion plitalar.
Ko‘rgazmada belaruslik ishlab chiqaruvchilar shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, sut mahsulotlari, tvorog pastlari, go‘sht va baliq delikateslari, qo‘lda tayyorlangan konfetlar, alkogol ichimliklarning ham keng assortimentini taqdim etishadi.
"Kommunarka" qandolatchi fabrikasi shakarsiz "Prezident Eksklyuziv" noyob achchiq shokoladlar qatorini namoyish etadi. Shokoladni ishlab chiqarishda Venesuela, Kolumbiya, Ekvador va Kot-d'Ivuar kakao-boblarining eng yaxshi navlaridan foydalaniladi.

Shuningdek ko‘rgazmada badiiy, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, ilmiy-texnik va it-ishlanmalar, universitetlarning o‘quv dasturlari hamda Belarusda davolanish va dam olish imkoniyatlari namoyish etiladi.
O‘zbekistonlik iste'molchilar ko‘rgazmada qator kompaniyalarning mahsulotlarini qo‘lga kiritishlari mumkin: "Alyutex"ning alyuminiy konstruksiyalaridan fasad va deraza-oyna to‘siqlari, garaj va sanoat darvozalari, "Neman" shisha zavodining servirovka va dekor uchun shisha hamda qandil mahsulotlari, muz eritishni talab qilmaydigan "Atlant" muzlatgichlari va kir yuvish mashinalari, "Krasnyy pishchevik" qandolat fabrikasining zefir va marmeladlari.
"Gomselmash" xoldingi musiqiy kollektivlari ko‘rgazma davomida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.

Ko‘rgazma Belarus savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, davlat organlari, ikki mamlakat elchixonalari va biznes-assotsiatsiyalari qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkillashtirilmoqda. Belarus savdo-sanoat palatasining "Belinterekspo" korxonasi ko‘rgazma operatori sifatida qatnashmoqda.
Ko‘rgazmaning ishlash vaqti:
14-19 sentabr soat 10.00 dan 18.00 gacha.
Kirish erkin.
Batafsil ma'lumot uchun: www.belinterexpo.by
Telegram, WhatsApp, Viber: +37544 783 71 08 Yekaterina, +37529 965 97 35 Karina
Mavzuga oid
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
09:38 / 26.04.2025