Jahon | 08:02 / 04.09.2018
6202
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Donbass bo‘yicha muzokaralar uchun yangi shaklni izlashdan bosh tortdi

Foto: AFP

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lum qilishicha, Kiyev Donbassdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar uchun yangi formatlarni ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» vazirning Ukrainaning ICTV telekanaliga bergan intervyusida keltirgan so‘zlariga asosan xabar qilmoqda.

Klimkinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Donbass bo‘yicha muzokaralarni normand shaklida davom ettirishni kutmoqda. Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunday uchrashuv yaqin kelajakda amalga oshishi mumkin emasligi haqida ma'lum qilgandi. U o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenkoga qilingan suiqasddan so‘ng shunday bayonot bergan.

«Normand shakliga keladigan bo‘lsak... Albatta, bo‘ladi, lekin biz qanday shaklda bularning barini muhokama qilamiz?», - deydi Klimkin.

Ukraina vazirining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Donbassdagi mojaroni hal qilish masalasini muhokama qilish mumkin bo‘lgan boshqa maydoncha yo‘q. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bu haqda Rossiya tomonidan ko‘plab bayonotlarni eshitgan, biroq ularga «ehtiyotkorlik bilan» munosabatda bo‘lishni ma'qul ko‘radi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Qrimni qaytarib olish imkoniyatlari baholangandi

Mavzuga oid