Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning Qrimni qaytarib olish imkoniyatlari baholandi
Foto: Aleksey Pavlishak / RIA Novosti
Ukraina hukumatida Qrimni qaytarib olish imkoniyati yo‘q. Bu haqda The National Interest nashri sharhlovchisi Dug Bendou ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yarim orolda istiqomat qiluvchi aholining aksariyati ruslar bo‘lib, ular Rossiya bilan birlashishni istagan. Jurnalistning fikricha, Qrimni ularning roziligisiz qaytarish noto‘g‘ri: mahalliy aholi Ukraina tarkibiga qaytish masalasida veto huquqiga ega bo‘lishi kerak.
Bendouning eslatishicha, yarim orol ikki asr muqaddam Turkiyadan egallab olingan va 1954 yilga qadar SSSR tarkibiga kirgan. Uning ta'kidlashicha, G‘arb Qrim Ukrainaga tegishli deb hisoblashiga qaramay, Kiyevda bu hududni qaytarib olish imkoniyati yo‘q.
«Qrim na Putin, na uning vorisi tomonidan qaytarib berilmaydi», - deya xulosa qilgan jurnalist.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada «saylovlarga aralashish» bo‘yicha tarmoq fosh etilgani, uning ortida Rossiya maxsus xizmatlari turgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:53 / 11.05.2026
Putin ilk marotaba urush to‘xtashi mumkinligiga ishora qildi – CNN
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
10:42 / 11.05.2026
Armaniston Rossiyadan “kindigini uzyaptimi”?
08:52 / 11.05.2026