Jahon | 19:43 / 05.09.2018
8886
1 daqiqa o‘qiladi

KXShT Markaziy Osiyoda harbiy kuchlarni shay holatga keltirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

Foto: AKIpress

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) 5-6 sentabr kunlari Markaziy Osiyoda kollektiv xavfsizlik tizimini shakllantirish va shay holatga keltirish bo‘yicha strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotini o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotda KXShTga a'zo davlatlar birlashgan shtabi harbiylari, kotibiyat vakillari va tegishli tashkilotlar operativ guruhlari ishtirok etadi.

«Strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti davomida Markaziy Osiyo hududida kollektiv xavfsizlik tizimi kuchlari va vositalarini shakllantirish va shay holatga keltirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Bu hamkorlikdagi «Jangovar birodarlik-2018» operativ-strategik mashg‘ulotlarining dastlabki tadbiri hisoblanadi. Mazkur bosqichda KXShTga a'zo shartli davlatda harbiy nizo kelib chiqishining oldini olish yoki to‘xtatishga qaratilgan tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi», - deyiladi xabarda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid