Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda paxta terimi boshlandi
Jahonning eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlari o‘ntaligiga kiruvchi Turkmanistonda 2018 yilda 1,05 million tonna paxta hosili yig‘ib olish rejalashtirilgan. Bu haqda Turkmenpagta davlat konserni rahbariyatidagi manbaga tayanib Reuters xabar berdi.
«Bugundan Axal, Lebap va Mariy tumanlarida paxta terimi boshlandi. Iqlim xususiyatlari sababli Toshhovuz viloyatida terim 16 sentabrdan boshlanadi», -degan manba.
Turkmanistonda 2017 yilda 1,1 million tonna paxta xomashyosi yig‘ib olingan.
Shu kunlarda O‘zbekistonda ham paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik boshlandi. 5 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasida tashkil etilgan videoselektor yig‘ilishida 2018 yilgi paxta terimi mavsumida respublika bo‘ylab 26 ming 467ta terim otryadi tashkil etilishi va 2 million 639 ming nafar terimchi jalb qilinishi kutilayotgani aytildi . Shuningdek, bu yil O‘zbekistonda birinchi marta paxta terim mavsumida terimchilardan mehnati uchun oladigan daromadidan pensiya jamg‘armasiga 8 foizlik sug‘urta badali ushlab qolinmaydi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
08:53 / 23.03.2026