Skripal haqida yangi ma'lumot tarqaldi: u Ispaniya razvedkasi bilan hamkorlik qilgan
Mart oyida Britaniyaning Solsberi shahrida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal so‘nggi vaqtlar ichida Ispaniya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, Skripal boshqa maxsus xizmatlar bilan ham hamkorlik qilgan: masalan, u 2012 yilda Pragada chexiyalik razvedkachilar bilan va 2016 yilda Estoniya razvedka xizmati vakillari bilan uchrashgan.
Qayd etilishicha, bu haqda Ispaniya politsiyasining o‘z nomini oshkor etmagan sobiq yuqori lavozimli xodimi ma'lum qildi.
«U Ispaniyaga qatnashda davom etgan», — degan ispan razvedchiklaridan biriga asoslangan holda jurnalist va yozuvchi, Ispaniya hukumati faoliyatini yoritgan Fernando Rueda. Skripalning tashriflarini ispan amaldorlari ham tasdiqlashdi, lekin mayda detallar oshkor etilmadi. Sobiq rasmiylar ma'lumotiga ko‘ra Skripal mamlakat maxsus xizmatlariga Ispaniya hududida faol bo‘lgan, Rossiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi gumon qilingan rus jinoyat olami vakillariga qarshi kurashishda yordam bergan.
Ispaniya hukumati rus mafiyasi tufayli «katta muammolar»ga duch kelgan. Sergey Skripal ham Aleksandr Litvinenko kabi ispanlarga rossiyalik jinoyatchilarning faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar yetkazgan.
O‘tmishda ham Sergey Skripal Ispaniya bilan aloqador bo‘lgan. 1995 yilda, Rossiya razvedka boshqarmasida ishlaganida u Ispaniyaga safari vaqtida Britaniya razvedkasiga (MI6) yollangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Putinni Skripallarni zaharlashda ayblagandi.
Buyuk Britaniya xavfsizlik vaziri Ben Uollesning ma'lum qilishicha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning «Novichok» asab-falajlovchi moddasi bilan zaharlash holatida shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin javobgardir.
Mavzuga oid
23:36 / 20.11.2024
Britaniyalik fermerlar yangi meros solig‘i bekor qilinishini talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazdi
21:14 / 20.11.2024
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash masalasi ko‘rib chiqiladi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:53 / 20.11.2024