Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy tillarni biluvchi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish taklif qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida xorijiy tillarni biluvchi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Murojaatimdan maqsad, oliy ta’lim tizimida bir qancha islohotlar o‘tkazish kerak deb hisoblayman. Yurtimizda ayrim sohalarda kadrlar muammosi mavjud. Bu muammoning ildizlaridan biri chet tillarini bilmaslikdir. Imtihonlarda fanlar blokidan biri ingliz tili bo‘lmagan talabalarning ko‘pchiligi ingliz tilini yaxshi bilmaydi. Chet tillarini yaxshi darajada bilmaslik yurtimizda ilm-fanning rivojlanishiga, talabalarning esa yaxshi kadrlar bo‘lib yetishishida to‘siq bo‘lyapti”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, dunyo axborot maydonida ma’lumotlar asosan ingliz tilida berilayotgan bir paytda, ko‘p hollarda talabalarning yetarli darajada ingliz tilini bilmasligi, zarur bo‘lgan axborotlarni olishda imkoniyatlarini pasaytirmoqda. Rivojlangan davlatlarda chop etilgan eng so‘nggi kitoblar, chet el olimlarining ilmiy izlanishlari, maqolalari yetarli darajada o‘rganilmayapti.
“Taklifim shundan iboratki, oliy ta’lim muassasalari talabalaridan 3-kursda ingliz tili bo‘yicha olinadigan davlat attestatsiyasini bekor qilish kerak. Buning o‘rniga esa 2-kursni yakunlanishiga qadar IELTS, TOEFL, CEFR singari sertifikatlardan bittasini olish tartibini o‘rnatishni taklif qilmoqchiman. Sababi, ingliz tilini bilish talabada katta miqyosdagi kerakli ma’lumotlarni egallash imkoniyatini oshiradi. Ularning yaxshi kadr bo‘lib yetishishida xizmat qiladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
11:52 / 04.06.2026
Til sertifikatlari uchun ball va ustamalar tartibi o‘zgardi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025