Adliya vazirligi tomonidan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini biliş darajasini belgilovçi sertifikatlar röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi idoraviy hujjat davlat röyxatidan ötkazildi (röyxat raqami 3515-2, 2026 yil 2 iyun).
Yangi tartibga köra, ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim asosida belgilanadi.
Şuningdek, bakalavriatning fanlar majmuasida çet tili fani mavjud bölgan ta’lim yönalişlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga uşbu fan böyiça maksimal ballning 75 foizi hisoblanadi.
Pedagog xodimlarga ustama tölaşda ingliz tili böyiça TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qiliş muddati inobatga olinadi.
Kasbiy ta’lim taşkilotlarida xorijiy tilda maxsus fanlarni öqituvçi pedagoglarga milliy yoki xalqaro tan olingan B2 darajadagi sertifikat uçun lavozim maoşining 50 foizi, C1 darajadagi sertifikat uçun esa 100 foizi miqdorida har oylik ustama tölanadi.
Bundan taşqari, öqituvçilarga Digital SAT sertifikatining matematika bölimida 750 va undan yuqori ball töplagan taqdirda ham ustama belgilanadi.
Umumiy örta ta’lim maktablarida faoliyat yurituvçi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari öqituvçilariga esa B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uçun ustama tölaş tartibi joriy etildi.













