Jahon | 18:05 / 08.09.2018
22033
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qurilish sohasi bo‘yicha migrantlarga kvotalar joriy etiladi

Foto: RIA Novosti

Rossiyadagi qurilish sohasi korxonalarida xorijlik ishchilarning ulushi birinchi marta cheklanadi. 2019 yilda u 80%dan ortiq bo‘lmasligi kerak, deya ma'lum qildi RF bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova juma, 7 sentabr kuni ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha uch tomonlama komissiya yig‘ilishida. Biroq, Moskva qurilish sektori (unga mamlakatdagi barcha qurilish ishlarining 12% to‘g‘ri keladi) uchun istisno qilinadi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Ushbu mamlakat hukumati har yili keyingi yil uchun xorijiy ishchilarga normativ belgilaydi. 2019 yilda migrantlarning iqtisodiyotdagi ulushi to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan avgust oyida kelishilgan bo‘lib, qurilish sohasida - migrantlar mehnatidan foydalanish uchun asosiy bo‘lgan sohada - jalb etiluvchi xorijiy ishchi kuchini qisqartirishni nazarda tutadi.

«Qurilishda xorijlik ishchilarning ulushini 80 foiz darajasida belgilash taklif qilinmoqda», - deydi Golikova. Rosstatning 2017 yil uchun ma'lumotlariga ko‘ra, 6,3 million kishi qurilish sohasida ish bilan band, ularning aksariyati migrantlar sanaladi. «So‘nggi yillarda bu sohada xorijiy ishchilar yuqori ulushi bo‘lgan kompaniyalar soni o‘smoqda, va shuning uchun ham bu ulushni kamaytirish taklif etilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Golikova.

Mamlakat Mehnat vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, chet ellik ishchilar soni ulushi jami xodimlar sonidan 80-100% bo‘lgan korxonalarning qurilishdagi ulushi 2016 yildagi 7,7% dan 2018 yildagi 14,5% gacha o‘sdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaluga oblastidagi issiqxonada O‘zbekiston va Xitoydan kelgan 51 nafar noqonuniy migrant aniqlangandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid