Rossiyaning Kaluga oblasti Kolontay qişloğida joylaşgan issiqxona kompleksi mintaqa hududida noqonuniy migratsiya bilan kuraşiş böyiça reyd obektlaridan biriga aylandi.

Ma'lumotlarga köra, huquq tartibot idoralari xodimlari u yerda Xitoy va Özbekistondan bölgan 51 nafar noqonuniy migrantni aniqlaşgan. Çet elliklar issiqxonada işlab, pomidor va bodring yetiştirişgan.

Foto: Rossiya Içki işlar vazirligining Kaluga oblasti böyiça boşqarmasi

«Tekşiruv natijalariga köra, huquq-tartibot idoralari xodimlari migratsiya sohasida 84ta ma'muriy huquqbuzarlikni qayd etdilar. Mintaqaga kelgan mehmonlar har bir qoidabuzarlik uçun 2000 rubl miqdorida jarimaga tortildi. 17 nafar çet el fuqarosi sud qaroriga binoan mamlakatdan majburan çiqarib yuborildi, keyinçalik ular 5 yilgaça kira olmaydi. Ikki yoki undan köp ma'muriy qoidabuzarlik sodir etganlar kelgusi 3 yil mobaynida bizning mamlakatimizga kira olmaydilar. Iş beruvçi har bir çet el fuqarosi uçun 250 dan 800 ming rublgaça jarimaga tortilişi mumkin», - deb xabar qiladi Rossiya Içki işlar vazirligining Kaluga oblasti böyiça boşqarmasi matbuot xizmati.

Foto: Rossiya Içki işlar vazirligining Kaluga oblasti böyiça boşqarmasi
Foto: Rossiya Içki işlar vazirligining Kaluga oblasti böyiça boşqarmasi