Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosovoda Serbiya prezidenti korteji yo‘li to‘sildi
O‘zini Kosovodagi urush faxriylari deb atovchi 200 ga yaqin kishi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tashrif buyurmoqchi bo‘lgan Banya qishlog‘iga yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Namoyishchilar qo‘lida “Vuchich Kosovodagi jinoyatlar va vahshiyliklar uchun javob berishi kerak”, “Vuchich o‘tmaydi” degan yozuvli plakatlar bo‘lgan. Ular prezident korteji o‘tishiga xalaqit qilish maqsadida yo‘llarda shinalarni yoqib yuborishgan.
Vuchich va Kosovo prezidenti Xashim Tachi ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatni batamom hal qilish uchun chegaralarni o‘zgartirish g‘oyasini muhokama qilishmoqda.
Avvalroq Vuchich Serbiya milliy xavfsizligi kengashi yig‘ilishini o‘tkazgan va unda Kosovo bilan munosabatlar keskinlashishi xavfi muhokama qilingan.
Mavzuga oid
10:00 / 08.06.2026
Kosovoda bosh vazir partiyasi saylovlarda g‘alaba qozondi
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026