Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning yangi prezidenti neft sohasiga deyarli 4 mlrd dollar kiritmoqchi
Meksikaning saylangan prezidenti Manuel Lopes Obrador mamlakatining neft qazib olish sohasiga 75 mlrd peso (3,8 mlrd dollar) investitsiya kiritmoqchiligini e'lon qildi. U bu haqda Tabasko shtatidagi nutqida aytib o‘tgan.
Uning aytishicha, bu soha inqirozni yengib, tiklana boshlashi mumkin. Lopes Obrador 2004 yilda Meksikada kuniga 3,4 mln barrel neft olingani, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1,8 mln barrelga tushib ketganini aytib o‘tgan.
Avvalroq siyosatchi neft qazib olish hajmini kuniga 2,5 mln barrelga yetkazishga va'da bergan. Bu maqsadda u konlarni o‘zlashtirish va 2019 yilda neftni qayta ishlovchi yangi zavod qurishga bir necha milliard dollar ajratmoqchi.
Lopes Obradorning inauguratsiyasi 1 dekabrda bo‘lib o‘tadi va u mamlakatni 2024 yilgacha boshqaradi.
Mavzuga oid
08:25
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026