Jahon | 21:53 / 09.09.2018
4709
2 daqiqa o‘qiladi

Jyenevadagi maslahatlashuv bekor qilinganidan keyin Yamanda 84 kishi halok bo‘ldi

Jyenevada rejalashtirilgan maslahatlashuvlar bekor qilinganidan keyin Xodeyda port shahri yaqinida Yaman hukumat kuchlari hamda isyonkor xusiylar ("Ansor Alloh" tarafdorlari) o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar natijasida kamida 84 kishi halok bo‘ldi. AFP shifokorlarning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 11 nafari - hukumat harbiy kuchlari vakillari bo‘lsa, 73 nafari - xusiylar. 

Yaman bo‘yicha ziddiyatning ikki tomoni tarafdorlari ishtirokidagi maslahatlashuvlar 6 sentabr kuni boshlanishi kerak edi. Biroq unga faqat Yaman hukumati delegatsiyasigina tashrif buyurdi, "Ansar Alloh" harakati vakillari esa Jyeneva tomon yo‘lda nafaqat to‘xtatilmasligi, balki maslahatlashuvlardan keyin ortga xavfsiz qaytishiga kafolat talab qilib, Sanoni tark etishdan bosh tortishdi. 

Yaman tashqi ishlar vaziri Xolid Al-Yamaniy shanba kuni Shveytsariyadagi maslahatlashuvlarning bekor qilingani uchun javobgarlikni "Ansar Alloh" harakati zimmasiga yukladi. Jyenevadagi matbuot anjumanida u xusiylarning xatti-harakatlarini shantaj sifatida baholadi. 

2014 yilning avgustidan Yamanda hukumat kuchlari va "Ansor Alloh" tarafdorlari o‘rtasida harbiy nizolar davom etmoqda. 2015 yilning martida Saudiya Arabistoni tomonidan boshqariluvchi koalitsiya ishg‘olidan so‘ng u yanada faol fazaga o‘tdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid