Jahon | 11:29 / 10.09.2018
16861
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi eng serdaromad kasblar va mintaqalar ma'lum qilindi

Foto: Depositphotos

Eng ko‘p pul ishlab topuvchi rossiyaliklar havo yoki kosmik transportda ishlaydi, mamlakat shimoli yoki Moskvada yashaydi. Bundan Rosstat ma'lumotlari darak beryapti, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta».

Statistikaga ko‘ra, eng yuqori ish haqi Yamalo-Nenetskiy muxtor okrugida istiqomat qiluvchilarga to‘lanadi - 100 ming 617 rubl. Eng yuqori uchlikdan o‘rtacha maosh 98 ming 291 rubl bo‘lgan Chukotka muxtor okrugi va o‘rtacha maosh 82 ming 729 rubl bo‘lgan Moskva joy egalladi.

Antireytingni Oltoy o‘lkasi boshqarmoqda - uning aholisi 24 ming 402 rubl ish haqi oladi. Keyingi o‘rinlardan Qorachoy-Cherkesiya (o‘rtacha maosh - 24 ming 481 rubl) va Ivanovo oblasti (o‘rtacha ish haqi - 24 ming 874 rubl) joy olgan.

Shuningdek, xodimlar uchun eng daromadli sohalar ma'lum qilindi. Eng ko‘p pulni havo va kosmik transport xodimlari oladi - 161,7 ming rubl, neft va gaz qazib olishda band bo‘lganlar - 123,1 ming rubl hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar - 111,2 ming rubl.

Rossiyadagi eng kam ish haqi kiyim-kechak tikish sohasida - 20,8 ming rubl, mebel ishlab chiqarishda - 23,4 ming rubl va charm bilan ishlashda to‘lanadi - 24,6 ming rubl.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid