Aqto‘bedagi fojia qurbonlarining yaqinlari tovon to‘lovi talab qilishmoqda
Jinoiy ishlar bo‘yicha tumanlararo ixtisoslashtirilgan sudda Aqto‘be oblastidagi yo‘lda fojiali halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha ish yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda. Halok bo‘lganlarning yaqinlari – 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi ma'naviy moddiy zarar qoplanishini talab qilishmoqda. Zarar miqdori hozircha aniqlanmagan, deb xabar berdi centralasian.org.
Jabrlangan tomon advokati Jazira Sadiqbekovaning aytishicha, tomonlarning munozarasi boshlangunga qadar moddiy va ma'naviy zarar miqdori belgilanadi.
Sudlanuvchilar kursisida besh kishi bo‘lib, ularning uchtasi avtobus haydovchilaridir. Shuningdek, «Aziya tranzit servis» transport kompaniyasi muassisi va kompaniya mexanigi ham ayblanuvchilar qatorida. Avtobus haydovchilari Nurjan Kirgizbayev, Maksat Pernebekov va Barat Tanatovlar 2018 yil 26 yanvardan buyon Aqto‘bedagi tergov izolyatorida hibsda saqlanmoqda. Ular yong‘in xavfsizligi talablari va transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida ikki va undan ortiq shaxslarning o‘limiga sababchi bo‘lganlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 18 yanvar kuni Samara – Chimkent yo‘lining 1068 kilometrida, avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
09:26
Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi
09:20 / 12.11.2024
Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
23:06 / 11.11.2024
Toshkentda «garmoshka» avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi jarohat oldi
15:51 / 07.11.2024