Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Headwall Power LLC O‘zbekistonda 1,2 mlrd dollarlik quyosh panellarini o‘rnatadi
Surxondaryo viloyati hokimligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Headwall Power LLC kompaniyasi vakillari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi bergan xabarga ko‘ra, muloqotda viloyatning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektr stansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqot chog‘ida Headwall Power LLC kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ushbu kompaniya tomonidan Qiziriq tumanida quvvati 300 megavatdan 1 gigavatgacha bo‘lgan, umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish, bunda birinchi bosqichda Bandixon massivida 490ta xonadonga tajriba tariqasida quyosh panellarini o‘rnatishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026