Liviya sohillari yaqinida sentabrda 100dan ko‘proq muhojir halok bo‘ldi
Sentyabr boshida Liviya sohillari yaqinida qayiq cho‘kishi oqibatida 100 dan ko‘proq muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda “Chegara bilmas shifokorlar” ma'ruzasida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, 1 sentabr ertalab Liviya sohillaridan har birida 160 dan ko‘proq kishi bo‘lgan ikkita rezina qayiq dengizga chiqqan. Ulardan birining motori ishlamay qolgan, ikkinchisi esa suzishda davom etgan, biroq ko‘p o‘tmay shamolga uchragan. Undan qutqaruvchilar 55 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Hammasi bo‘lib 276 kishi qutqarilib, 2 sentabrda Tripolidan 120 km uzoqlikdagi Xoms shahriga yetkazilgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil boshidan 5 sentabrgacha davr mobaynida Yevropaga dengiz yo‘li bilan yetib kelgan muhojirlar 72 ming kishini tashkil qildi. 1565 kishi O‘rta yer dengiziga g‘arq bo‘lgan. 2017 yilning shu davrida Yevropaga 125 mingdan ko‘proq muhojir yetib kelgan, 2561 kishi cho‘kib ketgan.
Mavzuga oid
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
09:10 / 30.09.2024
Tramp migrantlar «mushuk yeyishi» haqidagi yolg‘oni uchun sudga berildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
13:20 / 16.09.2024