Jahon | 07:46 / 11.09.2018
22638
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiyaga bormoqchi bo‘lgan Kim Chen Indan maktub oldi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan xat oldi, u ikkinchi uchrashuvni belgilashga tayyorlanmoqda. Bu haqda AQSh prezidentining matbuot kotibi Sara Sanders jurnalistlarga ma'lum qildi.

«Prezident Kim Chen Indan xat oldi. Bu juda iliq, ijobiy maktub edi. Biz maktubni to‘la e'lon qilmaymiz», - dedi Sanders brifingda. «Maktubning asosiy maqsadi AQSh prezidenti bilan yana bir uchrashuv haqida so‘rash edi. Biz bunga tayyormiz va bu borada tegishli jarayonlar davom etmoqda», - dedi Sanders.

Sandersning so‘zlariga ko‘ra, maktub AQSh va KXDR o‘rtasidagi muzokaralarda olg‘a siljishga erishilganining yana bir dalilidir.

«Biz u (uchrashuv) o‘tkazilishini xohlaymiz, uni tashkil qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», - deya xulosa qildi u.

AQSh KXDRdan yadrosizlanish bo‘yicha yangi qadamlarni kutmoqda va yetakchilarning yana bir uchrashuvini istisno qilmaydi, deya ma'lum qildi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton.

«(Shimoliy Koreya yetakchisi) Kim Chen In aprel oyida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga yadrosizlanishni amalga oshirishi haqida va'da bergan. U tezda buni qilishga va'da berdi va shunday dedi: «Albatta, biz ikki yil ichida buni qilishimiz mumkin». Mun Chje In unga shunday dedi: «Nima uchun bir yil ichida qilish mumkin emas?». Kim Chen In javob berdi: «Biz buni bir yil ichida bajaramiz». Bir yillik muddat mana qayerdan kelib chiqqan», - dedi Bolton Vashingtonda chiqish qilib.

«Men ular buni tezroq qiladi, deb o‘ylagandim. Lekin bir yil - bu ham yomon emas. Biz hamon ulardan harakatlarni kutmoqdamiz. Ikki davlat prezidentlarining (AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining) yangi uchrashuvi ro‘y berishi mumkin, ammo prezident (Donald) Tramp Shimoliy Koreyani o‘zi ochiq holda ushlab turgan eshiklarga kirishga majbur qilolmaydi. Biz yadrosizlanish bo‘yicha qadamlarni kutmoqdamiz», - deya qo‘shimcha qildi maslahatchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Rossiyaga kelmoqchi ekani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid