Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook surat va videolardagi matnni tushuna oladigan sun'iy ongni ishga tushirdi
Facebook spam va «nafrat ritorikasi»ga qarshi kurashishda yordam beradigan «Rozetta» deb nomlangan sun'iy ongni ishga tushirdi. Sun'iy ong ijtimoiy tarmoq ichida ishlaydi hamda u surat va videoyozuvlardagi matnni tushuna oladi.
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, sun'iy ong fotosuratlar bo‘yicha qidiruvni yaxshilash va nafrat ifodalangan yoki axloqqa zid mazmundagi postlarni aniqlashni osonlashtirish maqsadida joriy etilgan.
«Rozetta» Feysbuk va Instagramda joylashtirilgan milliarddan ortiq suratlar hamda videolardagi yozuvlarni tushunish xususiyatiga ega. U dastlab matnli «hudud»ni belgilab oladi, so‘ngra maxsus model yordamida unda nima yozilganligini aniqlaydi.
«Rozetta» hozircha ijtimoiy tarmoqdagi 20 ming moderator o‘rnini bosa olmaydi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, tizim hozircha mukammal emas: sun'iy ong Feysbukda qo‘llaniladigan barcha tillarni tushunishga o‘rganishi uchun vaqt kerak.
2018 yil bahorida Tsukerberg investorlarga sun'iy ong zo‘ravonlikka undovchi yozuvlar va yolg‘on xabarlarga qarshi kurashda Feysbukning asosiy quroliga aylanishini bildirgandi
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025