Jamiyat | 11:12 / 13.09.2018
10559
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda «valyutafurushlik» bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 11 sentabr kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Uning natijasida, Namangan shahrida yashovchi fuqarolar D.B. va M.D. Namangan tumani “Eshobod” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 1 AQSh dollarini 7900 so‘mdan hisoblab, 7200 AQSh dollarini 56 mln 880 ming so‘mga kelishib, shundan tezkor tadbir ishtirokchisiga 42 mln 580 ming so‘m pullarni berib, 7200 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Mazkur holat yuzasidan, 2018 yil 12 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolar D.B. va M.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish: b) ko‘p miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid