Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:35 / 14.09.2018
5355
1 daqiqa o‘qiladi
Jamshid Qo‘chqorov MDH Iqtisodiy kengashi sessiyasida qatnashadi
Foto: Xalqaro Press klub
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahridagi MDH Iqtisodiy kengashining navbatdagi sessiyasida qatnashadi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 14 sentabr kuni Moskva shahrida MDH Iqtisodiy kengashining 79-sessiyasida ishtirok etadi.
Majlisda MDHga ishtirokchi davlatlarning hamkorlik masalalari, jumladan, erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa qator davlatlararo hujjatlarning bajarilishi muhokama qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish