Jahon | 22:56 / 15.09.2018
7093
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh sanksiyalari tufayli iqtisodiyotni barqarorlashtirish dasturini tayyorladi

Foto: ca-irnews

Eron vitse-prezidenti va byudjyet hamda rejalashtirish tashkiloti rahbari Muhammad Bager Nobaxt Tehron AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalar sharoitida Eron iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks dasturni tayyorlaganini ma'lum qildi, deb xabar berdi IRNA agentligi.

Nobaxtning so‘zlariga ko‘ra, dastur 12ta batafsil rejadan iborat. Xususan, Eron hukumati Markaziy bank bilan hamkorlikda valyuta bozorini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Yana bir rejada esa har yili yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

2015 yil 14 iyulda Eron va xalqaro vositachilar “oltiligi” (Rossiya, AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) bir necha yillik Eron atomi muammosi borasida tarixiy kelishuvga erishgandi: Eron o‘zaro harakatlar rejasini bajarishi evaziga ilgari unga nisbatan BMT xavfsizlik kengashi, AQSh va Yevroittifoq tomonidan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar olib tashlanishi lozim edi.

2018 yil 8 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvdan chiqishini va Eronga nisbatan barcha sanksiyalar qayta tiklanishini hamda u bilan biznes yuritadigan mamlakatlarga ham sanksiyalar joriy etilishini e'lon qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid