Sport | 20:30 / 16.09.2018
17522
4 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

Italiya chempionatining 4-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qildi. Turindagi «Alyants – Yuventus» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar safida Krishtianu Ronaldu 50- va 65-daqiqalarda dublni rasmiylashtirli. U A Seriyada gollar hisobini ochdi. Mehmonlarning javob goliga Xouma Babakar mualliflik qildi. O‘yin oxirida «Yuventus» yarimhimoyachisi Duglas Kosta qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

«Yuventus» qatorasiga to‘rtinchi g‘alabadan keyin turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi, «Sassuolo» esa 3 uchrashuv davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini (ikki g‘alaba va bir durang) to‘xtatdi. Turinliklar jamoasi hisobidagi ochkolar soni ayni vaqtda 12ta va jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Napoli»ni 3 ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda.

Bu turda «Roma» «Kevo»ni qabul qildi.

Rimliklar jamoasi o‘yinning 30-daqiqasidayoq 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgandi, ammo jamoa bu ustunlikni saqlab qololmadi. Ammo Valter Birsa va Mariush Stempinskiyning gollari «Kevo»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

A Seriyaning 4 turidan keyin «Roma» 5 ochko to‘plagan holda sakkizinchi o‘rinda joylashgan, «Kevo» esa oxirgi o‘rinda qolmoqda («Kevo»ga moliyaviy firibgarlik tufayli 3 ochkolik jarima qo‘llangan va jamoa hisobida ayni vaqtda -1 ochko mavjud).

Tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Jyenoa» «Bolonya»dan ustun keldi (1:0), «Udineze» va «Torino» durang o‘ynadi (1:1).

Italiya chempionati
4-tur
Yuventus – Sassuolo 2:1
 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50 Ronaldu, 2:0 – 65 Ronaldu, 2:1 – 90 El-Babakar.
Yuventus – Shchensni, Benatiya, Bonuchchi, Aleks Sandro (Kuadrado, 80), Joau Kanselu, Xedira, Djan (Bentankur, 71), Matyuidi, Ronaldu, Dibala, Mandjukich (Duglas Kosta, 61).
Sassuolo –    Konsili, Marlon, Rojyerio (Dell`Orko, 72), Lirola, Ferrari, Jurichich (Di Franchesko, 61), Lokatelli (El-Babakar, 83), Boateng, Burabiya, Berardi, Dankan.
Ogohlantirishlar: Jurichich (23), Berardi (26), Joau Kanselu (32), Burabiya (40), Aleks Sandro (60), Duglas Kosta (90).
Chetlatish: Duglas Kosta (90).

Roma – Kevo 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 10 El-Shaaravi, 2:0 – 30 Kristante, 2:1 – 52 Birsa, 2:2 – 83 Stempinski.
Roma – Olsen, Florentsi (Karsdorp, 69), Manolas, Jyezus, Kolarov, Kristante, Nzonzi, Pellegrini (de Rossi, 70), Under (Klyuyvert, 81), Djyeko, El-Shaaravi.
Kevo – Sorrentino, Tomovich, Rossettini, Bani, Barba, Radovanovich, Rigoni (Depaoli, 87), Obi (Xetemay, 46), Birsa (Leris, 81), Stempinski, Djakkerini.
Ogohlantirishlar: Rossettini (74), de Rossi (78).

Udineze – Torino 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 28 de Paul, 1:1 – 49 Meyte.
Udineze – Skuffet, Trost-Ekong, Samir, Larsen, Nyuytink, Bexrami, Fofana, Mandragora (Machis, 69), Pussetto (Teodorchik, 58), de Paul, Lazanya (Barak, 85).
Torino – Sirigu, Nkulu, Moretti, de Silvestri (Ayna, 75), Itstso, Bazelli, Soriano, Berenger (Paridjini, 88), Meyte, Yago Falke (Dzadza, 18), Belotti.
Ogohlantirishlar: Dzadza (38), Soriano (43), Fofana (54), Machis (89).
 
Jyenoa – Bolonya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 69 Pentek.
Jyenoa – Marketti, Spolli, Biraski, Krishito, Gyunter, Xilemark (Lazovich, 58), Bessa, Romulo, Matstsitelli (Pedru Pereyra, 79), Pandev (Kuame, 62), Pentek.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Mattello, Deyks, De Mayo, Pulgar, Poli (Svanberg, 68), Okvonkvo, Djyemaili, Gonsales (Orsolini, 70), Destro (Santander, 79).
Ogohlantirishlar: Destro (2), Deyks (39), Gonsales (57), Djyemaili (61), Bessa (65), Skorupski (90), Marketti (90).
Chetlatish: Pulgar (90).

Mavzuga oid