Yana bir fuqaro pora berib, javobgarlikka tortildi
2018 yil 13 sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB rahbariyatiga viloyat IIB YHXB xodimi M.B. bildirgi bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda 12 sentabr kuni Oltinsoy tumani “Bibizaynab” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-100 avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, o‘tkazilgan avtoreyd tadbiri davomida, soat 15:00larda Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.E.ning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchining hujjatlarini nazorat tartibida tekshirganida, u avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqarib yurganligi uchun unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini o‘rnatilgan tartibda jarima maydoniga joylashtirganini, shundan so‘ng 13 sentabr kuni soat 12:50larda yoniga haydovchi B.E. o‘zining mahalladoshi N.E. bilan birga kelib, transport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishi evaziga pora sifatida pul berishini taklif qilayotganligini ma'lum qilingan.
Mazkur bildirgiga asosan, shu kuni soat 17:50larda Surxondaryo viloyati IIB O‘z xavfsizligi bo‘limi, Oltinsoy tuman prokuraturasi va tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning “Bibizaynab” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.E. ichki ishlar xodimi M.B.ga “Lasetti” rusumli xizmat avtomashinasining ichida 310.000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan N.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211 modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:53
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024