Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralaridan bosh tortmoqchi
Foto: REUTERS/Damir Sagolj
Xitoy navbatdagi bojlar joriy etilishi fonida AQSh bilan savdo muzokaralaridan voz kechishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar va XXR o‘rtasidagi savdo muzokaralarining navbatdagi bosqichi 20 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak, ammo nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni uchrashuvga bormasligi mumkin.
«Xitoy boshiga to‘pponcha tiralgan holda muzokaralar olib bormoqchi emas», - deya ta'kidlab o‘tdi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh xitoylik musulmonlarni sanksiyalar yordamida himoya qilishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.
AQSh Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida musulmon uyg‘urlarga nisbatan ro‘y berayotgan bosim tufayli Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026