Jahon | 08:22 / 17.09.2018
2956
2 daqiqa o‘qiladi

London meri Brexit bo‘yicha ikkinchi referendum o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi 

Foto: Dominic Lipinski/PA

Kelishuvsiz Brexit Buyuk Britaniyada 2030 yilga qadar 500 ming ish o‘rnining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin, mamlakat “xavf ostida”, deb aytdi London meri Sodiq Xon va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi qanchalik maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ikkinchi referendum o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

“Qayg‘ulisi, bosh vazir Tereza Mey Brexit bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan bitim tuzish u yoqda tursin, bu masala bo‘yicha o‘z partiyasi bilan bir kelishuvga kela olmagan”, deb ta'kidlab o‘tdi Xon.

Uning aytishicha, “xalq yakuniy qarorni qabul qilishga haqli”. “Bu har qanday kelishuv yoki bu kelishuv bo‘lmagan vaziyatda Yevropa Ittifoqida qolish imkoniyati bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilishini anglatadi”, deb yozgan Sodiq Xon. 

Avvalroq Britaniya vazirlar mahkamasi Brexit bo‘yicha yangi referendum o‘tkazilmasligini ma'lum qilgan.

Brexit bo‘yicha muzokaralar 2018 yil noyabrgacha davom etishi, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi esa 2019 yil 29 martda bo‘lib o‘tishi kerak. So‘ngra 2020 yil 31 dekabrgacha davom etadigan o‘tish davri keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid