Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg NATO Rossiyaning "kiberhujum"lariga javob qaytarilishi mumkinligini aytdi
Rossiya tomonidan "kiberhujum" uyushtirilgan taqdirda NATO o‘z nizomining beshinchi moddasini qo‘llashi mumkin, dedi alyansning bosh kotibi Yyens Stoltenberg Axios portaliga bergan intervyusida.
"Avtomatik ravishda emas. Bu kiberhujum xususiyatiga bog‘liq", — dedi u agarda Rossiya NATOga qarshi kiberhujum uyushtiradigan bo‘lsa 5-modda qo‘llaniladimi-yo‘qmi, degan savolga javoban.
Bosh kotib NATO missiyalari va operatsiyalari davomida xalqaro huquqqa muvofiq ravishda kibervositalardan foydalanilishi mumkinligini aytdi.
"Ulardan masalan, IDga qarshi foydalanilgan, ammo NATO tomonidan emas, NATO ittifoqchilari tomonidan", — dedi Stoltenberg.
NATO nizomining 5-moddasida "shartnomaga a'zo Yevropadagi yoki Shimoliy Amerikadagi bir yoki bir nechta tomonga qurolli hujum barchaga nisbatan hujum deb baholanadi" degan band mavjud.
Rossiya turli mamlakatlardagi saylovlarga kiberhujumlar orqali aralashganligi haqidagi ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Mavzuga oid
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026