Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya sohillari yaqinida NATO jangovar kemalari to‘planmoqda
Sharqiy O‘rta yer dengizi hududini NATO jangovar kemalari nazorat qilmoqda. Bevosita Suriya sohillari yaqinida ikkinchi harbiy-dengiz guruhi kemalari: Niderlandiya HDKning “De Ryoyter” fregati,, Kanadaning “Vill de Kvebek” va Gretsiyaning “Elli” kemalari joylashgan.
Bu ma'lumotni guruh bayroqdori ““De Ryoyter” fregati sardori ma'lum qilgan.
O‘rta yer dengizining sharqiy qismida, shuningdek, AQSh HDKning uchta raketa esminetsi – “Karni”, “Ross” va “Uinston Cherchill”, 6-tezkor flot flagmani “Maunt Uitni” hamda “Los-Anjyeles” sinfidagi kamida uchta suv osti kemasi bor. Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh HDKning O‘rta yer dengizidagi kemalari qurollanishida 200 dan ko‘proq “Tomagavk” raketasi mavjud.
Avvalroq bu hududga Buyuk Britaniya HDFning “Telent” atom suv osti kemasi yetib kelgan.
Rossiya harbiylarining fikricha, AQSh Suriyada go‘yoki kimyoviy hujum qo‘llanishi bilan bog‘liq vaziyatdan zarba berish uchun foydalanmoqchi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026