Jahon | 13:15 / 18.09.2018
4359
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyadagi tartibsizliklar chog‘ida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

Efiopiya poytaxti Addis-Abeba yaqinidagi oromo etnik markazida sodir bo‘lgan tartibsizliklar chog‘ida kamida 23 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda politsiyaga tayanib Reuters xabar bermoqda.

Tartibsizliklar oromo ozodlik fronti isyonchilar harakatining rahbari mamlakatga qaytishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlardan so‘ng yuz berdi.  Mazkur harakat mamlakatdagi eng katta etnik guruh bo‘lgan oromolarning ajralib chiqishi tarafdori hisoblanadi.

Fana Broadcasting agentligining xabar berishicha, politsiya 400ga yaqin kishini qo‘lga olgan bo‘lib, ulardan 200 nafari qamoqqa olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid