Germaniya kontrrazvedkasi boshlig‘i iste'foga chiqarildi
GFR kontrrazvedkasi boshlig‘i Gans-Georg Maasen Xemnitsdagi vaziyat borasida bahsli bayonotlar bergani sababli lavozimidan ozod qilindi, deyiladi Germaniya hukumati matbuot xizmati bayonotida.
Avvalroq Maasen BILD gazetasiga bergan intervyusida uning idorasi Xemnits shahridagi o‘ng radikallar namoyishlari davomida xorijliklar ta'qib qilingani haqida dalillarga ega emasligini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "internetda tarqalgan videoda shunday holat tasvirlangani bo‘yicha dalillar yo‘q". U mazkur bayonoti uchun keskin tanqidga uchradi, Germaniya SDP rahbariyati esa Merkeldan Maasenni iste'foga chiqarishni talab qildi.
26 avgust kuni Germaniya janubi-sharqidagi Xemnits shahrida sodir bo‘lgan mushtlashuvda 35 yoshli nemis Daniel Xillig halok bo‘ldi. Qotillikda gumon qilinib 23 yoshli suriyalik va 22 yoshli iroqlik shaxs hibsga olindi. Shundan so‘ng shaharda tartibsizliklar boshlandi.
Keyinroq Xemnits shahri markazida migrantlarga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyish qatnashchilari shahar bo‘ylab yurish qilishdi. Internetda tarqalgan videolarda radikallar raqiblariga shisha va petardalar uloqtirishgani, "Germaniya nemislar uchun" deya qichqirishgani aks etgan.
Mavzuga oid
10:30 / 01.11.2024
Gurjiston muxolifati yangi norozilik namoyishi haqida ma’lum qildi
17:22 / 09.08.2024
Britaniya: Tartibsizlikka aylangan namoyishlar sababi nima?
14:03 / 08.08.2024
Britaniyaliklar irqchilikka qarshi namoyishga chiqdi
10:56 / 08.08.2024