Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Il-20 halokatida Suriya, Eron va «Hizbulloh»ni aybladi
Isroil Suriyaning Latakiya viloyatida urib tushirilgan Il-20 samolyoti halokatida Suriya, Eron va «Hizbulloh»ni aybladi. Bu haqda Isroil armiyasi vakillariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
«Isroil mazkur hodisa uchun harbiylari Rossiya samolyotini urib tushirgan Asad rejimini to‘liq javobgar deb hisoblaydi. Isroil shuningdek, Eron va «Hizbulloh» terrorchilik tashkilotini ham javobgar deb hisoblaydi», —deyiladi Isroilning bayonotida.
Isroil tomonining bildirishicha, mamlakat harbiy-havo kuchlari «Hizbulloh» uchun ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqarilayotgan Suriya harbiylari infrastrukturalariga zarba bergan. Suriya armiyasi raketa otgan paytda esa Isroil samolyotlari allaqachon Isroil hududida bo‘lgan.
Shuningdek, Isroil tomonining ta'kidlashicha, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari «tartibsiz» ravishda o‘t ochgan va havoda Rossiya samolyotlari yo‘qligini tekshirib ko‘rmagan.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu «urib tushirilgan Rossiya samolyoti va ekipajning o‘limi uchun Isroil tomoni javobgar»ligini bildirgandi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026