Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Dakota shtati neft qazib olish bo‘yicha Venesueladan o‘zib ketdi
Amerikaning Shimoliy Dakota shtati iyulda neft qazib olish hajmi bo‘yicha Venesueladan o‘zib ketib yangi rekord qayd etdi, deb yozadi Blumberg agentligi.
Shtatda iyul oyida kuniga 1,27 million barrel neft qazib olingan – bu Venesuelaning ko‘rsatkichlaridan ko‘proq. OPeK manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuelada avgustda kuniga 1,24 million barrel neft qazib olingan.
Avgustda slanetsli neft qazib olishning o‘sishi tufayli AQSh 1999 yildan buyon ilk marta neft qazib olish hajmi bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi. Mamlakat energiya vazirligining energetik axborot boshqarmasi avgustda AQShda kuniga 10,9 million barrel neft qazib olinganini bildirdi. Bu iyundagiga nisbatan kuniga 120 ming barrelga ko‘p demakdir.
Venesuelada esa aksincha, jiddiy iqtisodiy va siyosiy inqiroz manzarasida ishlab chiqarishning keskin pasayishi kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026