Tojikistonda hamkorlikdagi aksilterror mashg‘ulotlariga start berildi
Joriy yilning 17 sentabr kuni Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatida joylashgan So‘g‘d garnizonining dala o‘quv markazida O‘zbekiston-Tojikiston davlatlari maxsus bo‘linmalarining hamkorlikdagi aksilterror taktik o‘quvlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Tojikiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Bosh shtab boshlig‘i general-leytenant Emomali Sobirzoda, vazirlik va boshqa kuch tuzilmalari qo‘mondonliklari vakillari hamda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan ikki davlat o‘rtasida ilk marotaba o‘zaro harbiy sohada bunday yaqin hamkorlikning o‘rnatilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlab o‘tildi.
Rasmiy marosim yakunlangach, harbiy xizmatchilar uchun tojikistonlik estrada yulduzlari tomonidan turli-tuman qo‘shiqlar ijro etildi, bu albatta, yig‘ilganlar kayfiyatiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Tantanali tadbirdan so‘ng, general-leytenant Emomali Sobirzoda o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, O‘zbekiston madaniyati, milliy qadriyatlari, boy tarixi hamda Qurolli Kuchlari salohiyatini o‘zida aks ettirgan ko‘chma ma'naviyat xonasiga tashrif buyurdi.
Ta'kidlash joizki, 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari xalqaro miqyosdagi turli musobaqa va tanlovlarda hamda hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024