Jahon | 17:58 / 18.09.2018
12358
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining Dushanbeda o‘tadigan sammitiga taklif qilindi

Foto: RIA Novosti/Sergey Guneyev

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko MDH davlatlari rahbarlarining 28 sentabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan sammitiga taklif qilindi, deb xabar berdi MDH ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev.

«U (Poroshenko – tahr.) sammitga taklif qilingan, albatta… Shunday taklif bor, Ukraina bundan xabardor, ammo shuni ham bilamizki, aftidan Ukraina rahbariyati Dushanbedagi yig‘ilishda ishtirok etmaydi. Odatda javoblar yig‘ilish boshlanadigan kun arafasida keladi va biz hali ham javob kutyapmiz. Qatnashish borasida Kiyevdan hozircha xabar yo‘q», — dedi Lebedev jurnalistlarga.

Avvalroq Lebedev Ukrainaning MDH ustav organlaridagi vakolatxonasi avgustda yopilganini va barcha aloqalar Ukrainaning Minskdagi elchixonasi orqali amalga oshirilayotganini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid